Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. 

Reliane Industries xoldingi egasi Mukeş Ambani neft narxi qulagani sababli Osiyoning eng boy odamlari röyxatining 2-örniga tuşdi. Bloomberğning baholaşiça, Ambanining ayni vaqtdagi boyligi 41,8 mlrd dollarni taşkil qilmoqda. Tadbirkor dunyoning eng boy odamlari reytingining 19-örnidan joy olmoqda. 

Jyek Maning aktivlari esa 44,5 mlrd dollarga baholangan va u bu natija bilan eng boy odamlar reytingining 18-örnini egallamoqda. Ta'kidlanişiça, xitoylik biznesmen mobil dasturlarga talab oşgani sabab yöqotişlarni minimallaştirişga muvaffaq bölgan. Maning yöqotişlari 1 mlrd dollarni taşkil qilgan.       

Alibaba Group Xitoyning eng yirik internet-kompaniyasi hisoblanib, elektron tijorat sohasida faoliyat yuritadi. Guruh tarkibiga Alibaba Pictures, Alibaba.com, AliExpress.com, Taobao.com, Tmall.com kabilar kiradi.  

Reliance Industries Limited (RIL) korporatsiyasi uglevodorodlar qidiriş va qazib oliş, neftni qayta işlaş va neft mahsulotlari sotiş bilan şuğullanadi. Bundan taşqari, kompaniya telekommunikatsiya biznesi va riteyl sohasida ham işlaydi.