Xitoy yetakçisi tibbiy niqobda şaharning deyarli kimsasiz köçalari böylab yurib ötgan. Aholiga hamon öz uylarini tark etiş taqiqlangan. Biroq xitoyliklar uylari balkonlariga çiqib, Si Tszinpinni qutlaşgan. Xitoy raisi ham bunga javoban odamlarga qölini silkitib qöygan.

Xitoy yetakçisi koronavirusga çalinganlar uçun maxsus qurilgan Xoşenşan şifoxonasida bölib, u yerda oyna ortidan şifokorlar va bemorlar bilan suhbatlaşgan. Si Tszinpin epidemiya yaqin orada tugaşini aytib, ularning könglini kötargan. 

Si Tszinpinning Uxanga kelişi ortida şaharda koronavirusga çalinganlar uçun taşkillaştirilgan 14 ta vaqtinçalik gospitalning barçasi epidemiologik vaziyat yaxşilangani va kasallar kamaygani sababli yopilgani e'lon qilindi. Koronavirusdan soğayib ketgan oxirgi 49 kişiga uylariga ketişga ruxsat berilgan.  

Uxan joylaşgan Xubey provinsiyasi ma'muriyati aholining harakatlanişiga taqiqlovni yaqin orada olib taşlaşni rejalaştirmoqda.  

Epidemiya boşidan beri Xubeyda 67760 ta, jumladan Uxanda 49965 ta  kasallaniş holati qayd qilingan. Kasallikka yöliqqanlardan 47585 nafari soğayib ketgan, 3024 kişi (Uxanda 2404 kişi) vafot etgan. Ayni vaqtda provinsiyada 17151 kişi şifoxonalarda qolmoqda.