UzAuto Motors kompaniyasi narxlarni qayta körib çiqiş qarori narxlar kon'yunkturasi, şuningdek, içki va taşqi bozordagi umumiy makroiqtisodiy vaziyatning özgarişi bilan boğliq ekanligini ma'lum qilgan. 2020 yilning 4 martiga qadar şartnoma imzolagan xaridorlar uçun barça şartlar saqlab qolinişi aytilgan.

“2017 yilning sentabr oyida söngi marta avtomobil narxlari özgarganidan buyon dollarning sömga nisbatan ayriboşlaş kursi ösdi, xomaşyo narxlari, kommunal xizmatlar tariflari, transport xizmatlari narxlari oşdi.

Bundan taşqari, avval soliq imtiyozlariga ega bölgan UzAuto Motors kompaniyasi 2019 yilning oktabr oyidan boşlab Özbekiston Respublikasining amaldagi qonunçiligiga muvofiq soliqlarni umumiy asoslarda, jumladan QQS böyiça tölaşni boşladi. 2019 yilda kompaniya 2,5 trln. söm soliq tölagan bölsa, joriy yil uçun esa uşbu körsatkiç 4,2 trln. sömni taşkil qilişi kutilmoqda”, - deyiladi kompaniya ma'lumotida.

Ta'kidlanişiça, yaqin kelajakda kompaniyaning özi uçun belgilagan ustuvor yönalişlardan biri bu sönggi vaqtda amaliyotda keng qöllanilayotgan iste'molçilar uçun ajratiladigan avtokredit va muddatli tölov tizimlarini yanada rivojlantirişdir. Uşbu yönaliş banklar bilan yaqin hamkorlikni közda tutadi. 

“Özbekiston avtomobil bozorini global isloh qiliş doirasida, soğlom raqobatbardoş ekotizimni yaratiş maqsadida “Özavtosanoat” yaqin kelajakda mas'ul davlat organlari tomonidan körib çiqiladigan Özbekiston bozoriga olib kiriladigan xorijiy avtomobillarga bojxona tölovlarini kamaytiriş taşabbusi bilan çiqdi. Içki bozorda raqobatning kuçayişi UzAuto Motors kompaniyasining boşqaruv tizimini yanada takomillaştirişga, kompaniyaning raqobatbardoşligini, şuningdek işlab çiqarilayotgan avtomobillarning sifati va hammabopligini oşirişga imkon beradi”, - deya yakunlanadi xabarnoma.