Noyob jirafalar brakonerlar tomonidan öldirilgani taxmin qilinmoqda. Şu tariqa, dunyoda bu turning yagona vakili – erkak oq jirafagina qoldi.
Jirafalarning suyaklari ular yaşagan Işakbini Xirola qöriqxonasidan 57 km uzoqlikda mahalliy aholi tomonidan topilgan.
“Butun Keniya uçun bugungi kun qayğuga töladir, çunki gap noyob jonzotlar haqida bormoqda”, deb aytgan qöriqxona rahbari Muhammad Ahmadnur.
Keniyaning yovvoyi tabiatni qöriqlaş xizmati voqeani tergov qila boşlagan. Ma'lum qilinişiça, qöriqxona rahbariyati jirafalar ğoyib bölgandan keyin qöriqlaş xizmatiga murojaat qilgan. Mutaxassislar ma'lumotlariga köra, jirafalar taxminan 4 oy oldin öldirilgan.
Urğoçi oq jirafa Keniyada 2017 yilda aniqlagan. Ilmiy tadqiqotlar uşbu jirafaning antiqa rangdaligi albinizm oqibati bölmay, balki taşqi qoplama pigmentatsiyasining qisman yöqolişi va oq doğlar hosil bölişi bilan namoyon böluvçi öziga xos mutatsiya ekanini körsatgan.
Keyinroq urğoçi jirafa 2 ta bola tuqqan. Şundan keyin olimlar bu jirafalar köpayişib, jirafalarning yangi turi paydo bölişiga umid qilişgan.
Oq jirafalar bungaça Tanzaniya va Efiopiyada ham aniqlangan, biroq ular ham brakonerlar qölidan nobud bölgan.












