Boş prokuraturada Özbekiston Respublikasi boş prokurori Niğmatilla Yöldoşevning Rossiya Federatsiyasining Tergov qömitasi raisi Aleksandr Bastrikin bilan uçraşuvi bölib ötdi.

Uçraşuv iştirokçilari tomonidan Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi bilan Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi örtasidagi hamkorlik professional aloqalarni yölga qöyiş va şartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytiriş orqali izçillik bilan rivojlanayotganligi ta'kidlandi.

Taraflar özaro manfaatli bölgan keng qamrovli masalalarni muhokama qildilar va idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollari böyiça fikr almaşdilar. 

Uçraşuv yakunida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi bilan Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi örtasida hamkorlik töğrisida Bitim hamda 2020-2021 yillarga möljallangan idoralararo hamkorlik Dasturi imzolandi. Uşbu hujjatlarning amalda tatbiq etilişi huquqiy sohada axborot va ilğor tajriba almaşiş orqali ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanişini yangi bosqiçga kötarişga xizmat qilişi ta'kidlandi.