12 mart kuni rubl va Rossiya bozorlari seşanba kungi pasayiş va çorşanba kungi qisqa muddatli barqarorlikdan keyin yana qulaşda davom etdi.

Payşanba kuni ertalab Moskva birjasidagi savdoning dastlabki daqiqalarida dollar kursi 1,1 rublga kötarilib, 2016 yil mart oyidan beri birinçi marta 74 rubldan oşib ketdi. Keyingi savdolar davomida u ösişda davom etdi va 75 rubldan oşdi.

Evro dastlabki daqiqalarda bir yarim rublga qimmatlaşdi, söngra ösişda davom etdi va 2016 yil fevralidan beri birinçi marta 84 rubllik çegaradan ötdi.

12 mart kunidagi oçilişda Moskva birjasi indeksi deyarli 4, RTS 6,4 foiz yöqotdi. Rossiyaning yirik kompaniyalari: “Meçel” (-9 foiz), OVK (-7,9 foiz), “Aeroflot” (-7,6 foiz), “M.Video” (-7,2 foiz) va “Sistema” AFK (-6,8 foiz) aksiyalari eng köp “quladi”.

Rossiya bozorlarining qulaşi jahon bozorlarining qulaşi fonida yuz bermoqda. Dow Jones Industrial Average indeksi bir sutka içida 5,86, S&P indeksi 4,89 va NASDAQ indeksi 4,7 foizga pasaydi. Osiyo va Yevropadagi barça yirik fond indekslari ham qulaşni boşidan ötkazdi.

Koronavirus tarqalişi haqidagi yangi xabarlar paydo bölgaç, investorlarning kayfiyati keskin tuşib ketdi. Seşanba kuni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti virus tarqalişini pandemiya deb e'lon qildi. Bundan taşqari, AQŞ Yevropadan kelgan sayohatçilarning mamlakat hududiga kirişini vaqtinça taqiqladi.

Dunyo böylab joriy etilayotgan çeklov çoralari global iqtisodiyotning ösiş sur'atlariga tobora salbiy ta'sir körsatmoqda, deb izohlaydi Nordea banki qulaş sababini.

Şuningdek, Evropa markaziy banki rahbari Kristin Lagardning bayonoti ham muhim rol öynadi. Uning sözlariga köra, Yevropa davlatlari hukumati birgalikdagi harakatlar borasida bir qarorga kelmasa, YeI iqtisodiyotidagi vaziyat 2008 yildagi ssenariy böyiça rivojlanişi mumkin. Payşanba kuni Yevropa markaziy banki yiğilişi bölib ötadi, unda stavkalarni pasaytiriş töğrisida qaror qabul qilinişi mumkin.

OPEK+ bitimining bekor bölişi va neft bozorida narxlar uruşining e'lon qilinişi bozorlar qulaşining yana bir sababi böldi. Payşanba kuni Brent nefti narxi 5,22 foizga tuşib, bir barreli uçun 33,92 dollarni taşkil qildi. WTI nefti narxi 5,09 foizga tuşib, 31,3 dollarga teng böldi. 

Ötgan haftada Saudiya Arabistoni Rossiya bilan neft qazib olişni qisqartiriş borasida kelişa olmadi. Rossiyaga javoban, Ar-Riyod neft qazib olişni köpaytiriş va narxlarni tuşirişga qaror qildi. Bundan taşqari, Iroq va Kuvayt ham neft narxini tuşirişga tayyor ekanligi haqida xabarlar paydo böldi.