“Uxan aholisining qurbonlari, fidokorligi, qat'iyati va sa'y-harakatlari evaziga bugun biz epidemiologik vaziyatda ijobiy özgarişlarga egamiz. Uxan qahramon-şahar, uxanliklar esa qahramonlar deb atalişga loyiq”, deb aytgan Xitoy raisi.
Si Tszinpin epidemiyaga qarşi uruşdagi ğalabadan keyin şahar yana bir bor tarixga kirişini ta'kidlab ötgan.
“Butun partiya va mamlakatning köp millatli xalqi sizlar bilan ğururlanadi. Partiya va butun xalq Uxan aholisiga minnatdorlik bildiradi”, deb aytgan Xitoy rahbari.
Uxan 23 yanvardan koronavirus sababli izolyatsiyada qolmoqda, şaharda transport aloqasi, aeroport va temir yöl vokzallari faoliyati töxtatilgan. Şahardan çiqiş va unga kiriş taqiqlangan. Şahar böylab harakatlanişga ham qat'iy çeklov kiritilgan.













