Qarorda ma'lum qilinişiça, “Muruvvat teks” MÇJning Xorazm viloyati, Gurlan tumanida joylaşgan Gurlan trikotaj fabrikasi hamda “Muruvvat teks Xorazm” şö'ba korxonasi belgilangan tartibda “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonçasida elektron onlayn-auksion orqali 119 mlrd söm baholaş qiymatida sotuvga qöyilgan.

Onlayn-auksionlarda iştirok etiş uçun talabgorlardan arizalar kelib tuşmaganligi sababli mulkiy-majmualar bugungi kunga qadar sotilmagan.

Hujjat bilan Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Xorazm viloyat hokimligi, “Özbekneftgaz” AJning mulkiy majmualarni kelgusida belgilangan tartibda sotiş uçun Agentlikka beriş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Belgilanişiça, mulkiy-majmualarni Agentlikka beriş “Özbekneftgaz” AJning ustav kapitalidagi davlat uluşini hamda öz navbatida “Muruvvat teks“ MÇJning ustav kapitalidagi “Özbekneftgaz” AJga tegişli uluşini mulkiy-majmualarning balans (qoldiq) qiymati miqdoriga kamaytiriş hisobiga amalga oşiriladi.

Qaror bilan hukumatning quyidagi qarorlari öz kuçini yöqotdi:

Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyatida kiçik sanoat zonalarini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 2018 yil 26 apreldagi 308-son qarorining 2-bandi hamda “Neft-gaz tarmoği taşkilotlarining aktivlaridan yanada samarali foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida”gi 2018 yil 25 avgustdagi 685-son qaroriga 1-ilovaning 154-pozitsiyasi.