«Yuventus» klubi hujumçisi Kriştianu Ronaldu jamoadoşi Daniele Ruganida aniqlangan koronavirus tufayli Turinga qaytmayapti. Futbolçi bu haqda klub rahbariyatini xabardor qilgan.
Portugaliyalik futbolçi ayni damda öz vatani Madeyrada bölib turibdi. Portugaliya hukumati koronavirus tarqalişi xavfi sababli Italiya bilan aviaaloqani töxtatganiga qaramay, Ronaldu ikki davlat tomonidan şaxsiy samalyotida uçiş uçun maxsus ruxsatnoma olgan. Ammo klubdagi holat va jamoadoşining koronavirus yuqtirgani uçun Kriştianu hali Apenin yarim oroliga qaytmoqçi emas.
Ma'lumot uçun, «Yuventus» klubi rasmiy sayti orqali Rugani koronavirusga çalingani sabab ehtiyot çorasi sifatida italiyalik futbolçi bilan yaqin aloqada bölgan bir qator klub xodimlarini ham maxsus nazoratda saqlanişini ma'lum qilgandi.












