Kun.uz muxbiri bu safar bir neçta deputat, iqtisodçi va huquqşunoslarning mavzuga munosabati bilan qiziqdi.

Barnogul Sanaqulova: «UzAuto Motors monopolist korxona sifatida öta yopiq va noşaffof işlaydi»

Foto: Barnogul Sanoqulovaning Facebook sahifasidan olindi

Toşkent Moliya instituti «Soliq va soliqqa tortiş kafedrasi» professori Barnogul Sanaqulovaning fikriça, narxlar şakllanişi ustidan deyarli heç qanday nazorat örnatilmaganini şu keça kunduzdagi voqealar ham körsatib turibdi.

«UzAuto Motors 100 foiz davlatga qaraşli korxona bölsa-da, boşqa davlat korxonalari kabi davlat xaridlari tizimiga kirmaydi, şuningdek butlovçi qismlar oçiq tender savdolarida sotib olinmaydi. Albatta, bu jarayon juda köp savollarni tuğdiradi.

Nega bu korxonaga nisbatan me’yoriy qonunçilik bazasi alohida holatda tatbiq etiladi?

Bundan taşqari, tizimga kiruvçi korxonalar örtasidagi transfer narxlarni şakllantiriş tizimi ham şaffof emas. Tizimga kiruvçi korxonalar yetkazib beruvçi butlovçi qismlar narxlarini yuqori taşkilot – «Özavtosanoat» AJning özi belgilab beradi, narx şakllantirişda oçiq bozor mexanizmi yölga qöyilmagan, bu holat esa albatta narxlarni doimiy ravişda monitoring qilib boriş imkoniyatini çeklaydi», deydi professor.

Barnogul Sanoqulovaning aytişiça, dunyoda birorta davlatda bitta AJ davlatdagi avtomobil işlab çiqariş tizimini özi töliq nazorat qilib, ham bu sohada davlat siyosatini yuritib, ham özi şu sohada biznes bilan şuğullanib, maşina işlab çiqarib, sotmaydi.

Unga köra, bunday öziga xos «unikal» tizimning özi mavjud emas. Şuningdek, bu holat soğlom bozor qonuniyatlariga ham zid hisoblanadi.

«Davlat boş islohotçi sifatida bozordagi barça iştirokçilar amal qilişi lozim bölgan öyin qoidalari yakdilligi va umumiy özgarmasligini belgilaşi hamda şu qoidalarga hamma bir xilda rioya qilişini tekşirib, nazorat qilib boriş funksiyasini bajarişi kerak.

Albatta, bunday jarayonda narxlarning baland bölişi tabiiy hisoblanadi. Sababi, «Özavtosanoat» AJ özi maşina işlab çiqaradi. U kerak bölganda özi işlab çiqargan avtomobillarni sotiş uçun bozorni yopa oladi, boşqa bironta işlab çiqaruvçini kiritmaydi, erkin raqobatni turli yöllar bilan çeklaydi.