UzAuto Motors avtomobillari narxi oşişi ortidan, 11 mart kuni parlament eşituvida avtomobilsozlik sohasi rahbarlari deputatlar savollariga javob berdi.

Deputat Doniyor Ğaniyev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda berilgan javoblardan qoniqmaganini bildirdi.

«Meni qiziqtirgan narsa – nega faqat xaridorgir maşinalarning narxi oşib, savdosi sust bölgan qimmat, asosan xorijdan import qilinib, Özbekistonda şunçaki yiğilayotgan Malibu, Tracker kabi avtomobillar narxi özgarişsiz qoldirilganidir.

Çunki ular tadbir avvalida dunyo bozorida xomaşyo va butlovçi qismlar narxining oşgani, valuta devalvatsiyasi narxlarni kötarişga sabab qilib körsatilgandi.

Ularning javobidan kelib çiqadigan bölsak, arzon maşinalarda ham, qimmatlaridayam bir xil ehtiyot qismlar işlatiladi. Buyam valutaga kirib keladi. Ya'ni bu nazariya böyiça hamma avtomobillarning narxi bir xilda oşişi kerak. Lekin amalda buning teskarisini köryapmiz.

UzAuto Motors vakillari bunga javoban qimmat maşinalarning narxini 2017 yilda oşirib bölgandik, şuning uçun joriy yilda narxlarni oşirmadik, deb aytişdi. Bundan kelib çiqadiki, ular 2017 yilda narxlarni asossiz oşirişgan. Ya'ni öşa yili rasmiylar maşinalar narxini keragidan oşiq darajada oşirib yuborgan bölib çiqyapti.

Umuman olganda, mutaxassislarning savollarga bergan javoblarining biri ikkinçisiga zid bölib qolyapti», deydi u.

Doniyor Ğaniyevning aytişiça, «Özavtosanoat» va UzAuto Motors AJ vakillarining xorijga, jumladan, Rossiya va Qozoğistonga eksport qilinayotgan milliy avtomobillarning narxi içki bozordagidan arzon ekani haqidagi savollarga bergan javoblari biri-ikkinçisiga töğri kelmaganini aytib ötdi.

«Mutaxassislardan biri narxlar bugungi kunda deyarli bir xil deb javob bersa, ikkinçisi aytyapti: «Eksportga çiqarilayotgan avtomobillarga çet eldagi xaridorlarning talabidan kelib çiqib qimmatroq komponentlar işlatamiz, sifatli mahsulotlar qöyamiz. Içki bozorda bunday bölmagani uçun mahsulot va qöşimça jihozlarning arzonroğini qöyamiz».

Bundan kelib çiqib turibdiki, eksportga çiqarilayotgan avtomobilning işlab çiqariş tannarxi içki bozordagidan nisbatan ançagina qimmatga tuşyapti.