Microsoft asosçisi Bill Geyts kompaniyaning direktorlar kengaşini tark etmoqda. Bu haqda uning özi LinkedIn’dagi sahifasida ma'lum qildi.

«Microsoft har doim mening hayotimning muhim qismi bölib qoladi va men Satya Nadella [korporatsiya boş direktori] hamda texnik rahbariyat bilan kompaniya qaraşlarini şakllantiriş va ulkan maqsadlarga erişiş böyiça hamkorlik qilişda davom etaman», - deya uning sözlarini keltirgan CNBC.

Korporatsiya xabarida aytilişiça, tadbirkor köproq vaqtini soğliqni saqlaş, ta'lim va iqlim özgarişiga qarşi kuraş sohasidagi xayriya işlariga sarflamoqçi. Geyts kompaniyada Nadella va Microsoft’ning boşqa rahbarlari maslahatçisi sifatida işlaşni davom ettiradi.

«Men uçun köp yillar davomida Bill bilan birga işlaş va undan örganiş katta şaraf böldi. Direktorlar kengaşi uning rahbarligi tufayli juda köp yutuqlarga erişdi», - deya kompaniya bayonotida Nadellaning sözlari keltirilgan.

Şuningdek, Geyts Berkshire Hathaway investitsiya fondi direktorlar kengaşi tarkibidan çiqişini ham ma'lum qildi.

Geyts Microsoft’ga 1975 yilda tadbirkor Pol Allen bilan birgalikda asos solgan. U 2008 yilga qadar kompaniyaning boş direktori bölgan - keyin Geyts rafiqasi Melinda bilan birga taşkil etgan xayriya jamğarmasiga (Bill & Melinda Gates Foundation) köproq e'tibor beriş uçun bu lavozimni tark etdi. Tadbirkor Microsoft direktorlar kengaşini 2014 yilgaça boşqargan, söng bu lavozimni mustaqil direktor Jon Tompson egalladi.

Geyts Microsoft’ning taxminan 1 foiz aksiyalariga egalik qiladi. Forbes tadbirkorning boyligini 103,6 milliard dollarga baholagan. U dunyoning eng boy odamlari reytingida ikkinçi örinda (Amazon boş direktori Jyeff Bezosdan söng).