Oliy ta'lim muassasalarida öqiş töxtatilgani tufayli viloyatlarda yaşaydigan talabalarning uyga qaytiş xarajatlari uçun 50 foizgaça çegirma taqdim etiladi. Bu haqda 15 mart, yakşanba kuni bölib ötgan maxsus brifingda Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov ma'lum qildi.

Bundan taşqari, jamoat transportining şoh bekatlari va temir yöl depolarida yölovçi transporti vositalari har tört soatda dezinfeksiya qilinişi lozimligi ham ta'kidlab ötilgan.

Bundan oldinroq, koronavirus tufayli 16 mart kunidan Özbekiston Respublikasidagi barça umumta'lim maktablari öquvçilari uçun ta'til e'lon qilingani xabar qilingandi.