Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng badavlat 20 nafar kishisining boyligi bir kunda 68 mlrd dollar dollarga kamaydi
Amerika fond bozori 1987 yilgi «qora dushanba» davridan buyon eng yomon kunni o‘tkazdi.
Dushanba kuni sayyoramizning eng badavlat 20 nafar kishisining boyligi bir kunda 68 mlrd dollar dollarga kamaydi, deb yozadi Forbes. Ushbu holat S&P 500 indeksi 12, Dow Jones indeksi esa 13 foizga tushib ketishi natijasida yuz berdi. Bu 1987 yilgi «qora dushanba» davridan buyon sodir bo‘lgan indekslarning o‘ta pastlab ketishidir, deya qayd etadi CNBC.
Forbes Real-Time ma'lumotlariga ko‘ra,eng ko‘p zarar ko‘rganlar quyidagilar bo‘ldi:
- Facebook asoschisi va bosh direktori Mark Tsukerberg: minus 8,8 mlrd dollar, boyligi — 54,3 mlrd dollar;
- Microsoft sobiq rahbari Stiv Balmer: minus 6,9 mlrd dollar, boyligi — 51,2 mlrd dollar;
- Oracle asoschisi Larri Elison: minus 6 mlrd dollar, boyligi — 54,5 mlrd dollar;
- Microsoft hammuassisi Bill Geyts: minus 5,8 mlrd dollar, boyligi — 97,8 mlrd dollar;
- Berksihre Hathaway rahbari Uorren Baffet: minus 5,5 mlrd dollar, boyligi — 70,5 mlrd dollar;
- Google hammuassisi Larri Peyj: minus 5,5 mlrd dollar, boyligi — 50,3 mlrd dollar;
- Amazon asoschisi va rahbari Jyeff Bezos: minus 5,3 mlrd dollar, boyligi — 105,1 mlrd dollar;
- Google hammuassisi Sergey Brin: minus 5,3 mlrd dollar, boyligi — 48,5 mlrd dollar.
- Louis Vuitton va Dior egasi Bernar Arno: minus 4,5 mlrd dollar, boyligi — 79,9 mlrd dollar;
- Telekom-magnat Karlos Slim: minus 3,7 mlrd dollar, boyligi — 50,8 mlrd dollar.
Forbes top-20taligida boyligi kamaymaganlar faqatgina Maykl Blumberg hamda Charlz va Juliya Kox bo‘ldi. Buning sababi, Bloomberg LP va Koch Industries kompaniyalari shaxsiy bo‘lib, birjada savdo olib bormaydi. Blumbergning boyligi 50,9 mlrd dollar, Koxlarniki esa 40 mlrd dollar deb baholanmoqda.
Koronavirus sababli dunyoning eng badavlat 20 kishisining boyligi bir oy ichida jami 293 mlrd dollarga kamaydi.
Bir oy ichida eng ko‘p mablag‘ yo‘qotgan inson Bernar Arno bo‘ldi. Uning boyligi 13 fevraldan beri 29,6 mlrd dollarga kamaydi.
Mavzuga oid
07:44 / 17.01.2026
Milliarderlar qaysi xususiy orollarda yashaydi: infografika
07:19 / 26.12.2025
Boylar geografiyasi: qaysi shaharlarda milliarderlar ko‘proq?
17:19 / 14.11.2025
Boylarni rom etgan megapolislar. Milliarderlar asosan qaysi shaharlarda yashaydi?
18:37 / 21.09.2025