Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma'lum qilişiça, reys keça, 16 mart kuni keçki soat 21:55da Namangan şahri aeroportiga qöngan.

Ular koronavirus tufayli çegaralarning yopilgani natijasida 23 fevraldan buyon Eronning «Lutfobod» postidagi terminalda qolib ketgan 14 nafar haydovçi, şuningdek, talabalar, tadbirkor va diplomatlardir.

Yölovçilar maxsus kiyim-boşlar bilan himoyalangan tibbiyot sohasi mutaxassislari tomonidan birma-bir dezinfeksiya qilinib keyin samolyotdan çiqarilgan va ular avtobuslarda tibbiy nazorat karantinida saqlaş uçun tayyorlab qöyilgan tibbiyot muassasalariga jönatilgan.

 

16 mart kuni Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportidan prezident Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga muvofiq koronavirusning oldini oliş çora-tadbirlariga kömaklaşiş maqsadida Eron Islom Respublikasiga insonparvarlik yordami yuborildi.

Bundan avvalroq, 16 mart kuni keçqurun Namangan aeroportiga Latviya poytaxti Rigadan uçgan samolyot ham qöngani, uning bortida kelgan 175 nafar özbekistonlik ikki haftalik karantinga joylaştirilişi haqida xabar qilingandi.

  • Eron va Rigadan olib kelingan fuqarolar Töraqörğon tumanidagi yuqumli kasalliklar şifoxonasi va Kosonsoy sihatgohlaridagi maxsus tayyorlab qöyilgan joylarga yotqizilib, 14 kunlik karantin nazoratiga olinadi.