Bu haqda deputat Doniyor Ğaniyevga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Deputatning aytişiça, Oliy Majlis binosiga kirişda tibbiy tekşiruvlar yölga qöyilgan. Bundan taşqari, şaxsiy gigiyena qoidalariga qat'iy amal qiliş uçun şaroitlar yaratilgan.

«Davlat hokimiyatining birdan bir manbayi bu xalqimiz ekanidan kelib çiqsak, davlat xalq manfaatlarini közlab, birinçi navbatda, uning soğliği va xavfsizligini ta'minlaş uçun xizmat qilişi lozim. Şu nuqtayi nazardan, koronavirus infeksiyasining respublikamizda tarqalişiga qarşi kuraş böyiça hukumat tomonidan qattiqqöllik bilan körilayotgan barça karantin çora-tadbirlarini men ham deputat sifatida, ham bir fuqaro sifatida tölaligiça qöllab-qavvatlayman.

Zero, koronavirusga qarşi kuraş böyiça Xitoy va Yevropa davlatlari tajribasidan kelib çiqib, xulosa qiladigan bölsak, karantin qoidalariga qat'iy amal qiliş hozirça bu infeksiyaga qarşi kuraşişning eng samarali yöli hisoblanadi.

Karantin munosabati bilan qat'iy çoralar körilalayotgani parlament quyi palatasi faoliyatini töxtatdi, degani emas. Hozirda parlamentda içki elektron tizim yölga qöyilgan bölib, barça hujjatlarni elektron almaşinuvi uçun şaroitlar yaratilgan. Parlament va deputatlarning asosiy faoliyati elektron tarzda davom ettiriladi», deydi u.

Doniyor Ğaniyevga köra, qonun loyihalari muhokamalari, ijro hokimiyati tomonidan qonunlar ijrosi nazorati, fuqarolar murojaatlarini qabul qiliş va ular ustida işlaş ham elektron tarzda amalga oşiriladi.

«Parlament va hukumat örtasidagi aloqalar va hujjatlar almaşinuvi elektron hukumat portali orqali örnatilsa, deputatlarimizning fuqarolar bilan aloqasi esa, ularning ijtimoiy tarmoqlar (Facebook va Telegram)dagi şaxsiy sahifalari orqali davom etadi.

Qolaversa, mamlakatimizda karantin haftaligini joriy etilişi bahonasida, ehtimol, oğriqli nuqtalarimizdan biri bölgan «Elektron Hukumat» va «Elektron Parlament» hamda masofaviy ta'lim tizimlarini yanada rivojlantiriş, ularning amalda qöllanilişini tezlaştiriş, şuningdek, hududlarni tezkor va sifatli internet aloqasi bilan ta'minlaş işlarini jadallaştirişga katta bir turtki bölar. Zero, har bir qiyinçilik yoki xavf insonlarni yangi imkoniyatlar «oynasini» izlaşga undaydi», – deydi deputat Doniyor Ğaniyev.