«Dezinfeksiya işlarini amalga oşiradigan alohida tizim yölga qöyilib, maxsus muassasalar mavjud. Xöjalik hisobidagi dezinfeksiyalaş stansiyalari şartnoma asosida davlat korxonalari, hattoki aholi xonadonlarida bu jarayonni amalga oşirişlari mumkin.

Dezinfeksiyalaş işi qiyin jarayon emas. Dorixonalarda dezinfeksiyalaş vositalarini xarid qilib, uy şaroitida foydalansa böladi. Undan taşqari, ayrim yuviş vositalarida ham infeksiyani öldiriş xususiyatiga ega moddalar bor.

Bu işlarga öqituvçilar va MTM xodimlari jalb etilmaydi. Boşqa taşkilotlar xodimlari jalb etilişi böyiça gap bölmagan, bunga ehtiyoj ham yöq. Maxsus tayyorgarlikdan ötgan dezinfektorlar tomonidan bu işlar amalga oşirib kelinmoqda. Ular tegişli asbob-uskunalari: avtomat, gidropult va boşqa vositalar töliq ta'minlangan.

Bundan taşqari, vazirlik huzuridagi Sanitariya-epidimiologik osoyiştalik agentligining viloyat, tuman markazlarida ham şunday bölimlar bor. Xususiy dezinfeksiya taşkilotlari ham bu iş bilan şuğullanişadi», degan u «Özbekistonda koronovirus infeksiyasining tarqalişi va unga qarşi körilayotgan çoralar böyiça ta'lim muassasalarida amalga oşirilayotgan işlar» mavzusida brifingda.