Andijon viloyatining Marhamat va Surxondaryo viloyatining Denov tumanlarida FVBning öt öçiriş maşinalari köçalar va bozorlarda odamlar ustiga yuqori bosimda xlor sepib çiqdi.

Bu voqealar aks etgan videolar internetda tarqalgaç, ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining noroziligini uyğotdi.

Andijon viloyati hokimligi xlorli suv sepilayotgan vaqtda odamlar bölmaganini ta'kidlagan bölsa, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan örganiş yakunlari böyiça tegişli xodimlarga intizomiy ta'sir çoralari körilişini ma'lum qildi.

Andijon viloyati hokimligi bergan munosabat biroz odamni öylantiradi. Sababi, holat yuz bergan 25 aprel kuni yakşanbaga töğri kelgan va ayni şu kuni bozor atrofida odam bölmasligi soğlom aqlga siğmaydi.

«Bozor radiouzeli tomonidan xarid uçun kelganlar va sotuvçilar holat yuzasidan ogohlantirilgani» esa yanada kulgili.

Şuningdek, viloyat hokimligi öz munosabatida «Avtomaşinalar dezinfeksiyalanayotgan paytda aholi bozor içida bölgan», – deya iddao qilmoqda.

Biroq, videodan ma'lumki, u yerda odamlar bölgan. Hatto Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimi ovoz kuçaytirgiç orqali: «Azam aka, qoçing», deya ta'kidlagani ham videoda aks etgan. Bundan taşqari, avtomobillar ortidagi dökonlarning eşiklari lang oçiq holatda xaridorlarga xizmat qilayotganini körişimiz mumkin.

Maxsus komissiya qaroriga muvofiq foydasiz ekani aytilgan bunday dezinfeksiya qiliş yuqoridan berilgan topşiriqmi-yöqmi, degan savolimizga Marhamat tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimi qayta qönğiroq qilişini aytib, raqamini öçirib qöydi. Savolimiz esa oçiq qoldi.

Maxsus komissiya tomonidan kasallik aniqlangan taqdirda öşa muassasa karantinga olinişi ta'kidlangan, biroq bunday tarzda dezinfeksiya qiliş haqida söz bormagan.

«Kasallik öçoği aniqlangan» degan iddaoga tahliliy jihatdan yondaşsak, dezinfeksiyadan 1 kun oldin, ya'ni 24 aprel kuni Andijon viloyatidan 5 nafar fuqaroda koronavirus aniqlangan. Deylik, 5 nafar kasallikka çalinganlarning hammasi Marhamat tumanidan bölgan taqdirda ham (aslida bunday emasligi aniq), uşbu hudud «kasallik öçoği» böla olmaydi. Yoki mas'ullar kasallik köp çiqsa ham, raqamlarda uni kam körsatayotgan, degan xulosaga keliş mumkin.