Davlat sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik agentligi rahbari Bahrom Almatovning ma'lumot berişiça, Özbekistonda 100dan ortiq dezinfeksiyalovçi vosita turlari röyxatga olingan bölib, ularning barçasi işlatilişiga ruxsat berilgan.
«Bozorlarda odamlar kamaygan paytda dezinfeksiya işlari taşkil qilinmoqda. Virusning taşqi muhitda yaşovçanligi juda pastligini hisobga olsak, profilaktika sifatida qilinayotgan dezinfeksiyaning samarasi yuqori.
Ayniqsa, avtobuslarda va ularning oxirgi töxtaş bekatlarida, savdo komplekslarida şu korxona xodimlari tomonidan dezinfeksiya tadbirlarini amalga oşiriş tavsiya qilingan va ular nazoratga olingan», deya ma'lumot berdi Bahrom Almatov.
Bundan taşqari, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekovning qöşimça qilişiça, dezinfeksiya qilişda dezinfeksion vositaning ma'lum muhitdagi konsentratsiyasiga muhim e'tibor beriladi. Oçiq havoda esa dezinfiksion tadbir ötkaziş imkoni yöq.
«Buni inobatga olgan holda hozir aynan namlik usuli bilan işlov berib, virusning bir odamdan ikkinçi odamga ötişini çeklaşga harakat qilyapmiz», deya qayd etdi u.













