Facebook ijtimoiy tarmoğida Börijar kanalidan murda topilgani haqida xabar tarqaldi.

Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsutdinovning yozişiça, Facebook’da joriy yilning 14 fevral kuni Toşkent şahar, Yakkasaroy tumani, Şarşara köçasida Milliy gvardiya xodimlari huquqni muhofaza qiluvçi idora xodimi deb taxmin qilinayotgan bir nafar şaxsning ortidan quvgani haqida ma'lumot berilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bildirilişiça, söng u özini Börijar kanaliga taşlaganligi va oradan 2 hafta ötgaç uşbu kanaldan uning murdasi topilganligi töğrisida xabar tarqatilgan.

Hayot Şamsutdinovning bildirişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmoqda.