“Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq tölaş, ularni moddiy rağbatlantirişning amaldagi tizimini qayta körib çiqiş kerak. Tibbiyot xodimi bajarayotgan işlarning murakkabligi, iş hajmi hamda körsatilayotgan tibbiy yordam sifatiga qarab ularga oylik tölanişi, qolaversa, iş haqi miqdori sezilarli darajada oşirilişi zarur.

“Adolat” partiyasi özining saylovoldi dasturida soğliqni saqlaş tizimida islohotlar qiliş va şifokor maqomini oşirişga katta örin ajratgan edi. Biz saylovçilarga bergan va'damizni bajarişga harakat qilyapmiz.

Tibbiyot sohasida ştatlarning qisqarib ketişi kimga kerak bölgan edi? Qaysi saylov okrugiga borsak, bizga tibbiy xizmatni yaxşilab bering, bizga tibbiyot punkti oçib bering, bizga şifokor yetişmayapti degan murojaatlar böladi. Afsuski, bu kabi murojaatlarni şu paytgaça heç kim eşitişni istamadi.

Şundan kelib çiqqan holda tibbiyot xodimlariga respublika, viloyat, şahar-tuman darajasida barça şaroitlar teng yaratilişi, sohadagi barça xodimlarning oylik maoşlari oşirilişi zarur deb hisoblaymiz. Hukumat taklifimizni körib çiqib, ijobiy qaror qabul qiladi deb işonamiz”, dedi Oliy Majlis Qonunçilik palatasining korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari qömitasi raisi örinbosari Şuhrat Polvonov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Şuhrat Polvonov

Deputatlar ayni paytda dunyoda, jumladan, Özbekistonda ham kuzatilayotgan epimidiologik vaziyatga ham e'tibor qaratişib, mazkur jarayonda tibbiyot xodimlarining örni yuqori ekanini ta'kidlaşdi. Ularga köra, öz hayotini xavf ostiga qöyib zimmasidagi burçini bajarayotgan şifokorlar mehnati munosib qadrlanişi kerak.

“Koronavirus tarqalişining oldini oliş böyiça hukumat tomonidan olib borilayotgan işlarni töliq qöllab-quvvatlaymiz. Xalqimiz ham bu çoralarni töğri tuşunib qabul qilmoqda. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlarining aksariyat qismi öz saylov okruglariga birlamçi tibbiyot muassasalariga amaliy yordam beriş uçun çiqib ketişdi. Tibbiyot xodimlarini nimalar qiynayapti, epidemiya tarqalmasligi uçun 24 soat işlaşi kerak bölayotgan tibbiyot xodimlari uçun şaroitlar tayyormi, binolarning ahvoli qanday, dori-darmon vositalari, tibbiyot anjomlari şaymi, budjetdan ajratilgan pullar öz örniga sarf bölganmi, bularni örganiş va joyiga qöyiş uçun bugun parlament va deputatlik nazorati juda muhim.

Yuqumli kasalliklar bilan boğliq bölimlarda faoliyat olib boradigan vraçlar, örta va kiçik tibbiyot xodimlari, bemorlarga xizmat körsatuvçi barça kasblardagi xodimlar uçun yanayam alohida şartlarda oylik maoşlari oşirilişi bugungi kun talabidir. mamlakatimizdagi hozirgi vaziyatni hisobga olib, öz hayotini xavf ostiga qöyib el xizmatida bölayotgan şifokor mehnatini qadrlaş böyiça zudlik bilan aniq tadbirlar amalga oşirilişi kerak”, deydi quyi palataning innovatsion rivojlaniş, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qömitasi a'zosi Gulbahor Saidğaniyeva.