Soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari Bahodir Yusupaliyev bugungi kunda şifokorlar qança maoş olayotgani haqida ma'lumot berdi.

“Bugungi kunda şifokorlar örtaça 2 yoki 2,5 million söm oylik olişmoqda. 2020 yil davlat budjetidan tibbiyot sohasiga 14 trillion 900 million söm ajratiladi”, - dedi u.

Şuningdek, Bahodir Yusupaliyev soha böyiça qöşimça ma'lumotlar bilan örtoqlaşdi

“Özbekistonda ikki yil davomida 300 ta "buyrak köçirib ötkaziş" böyiça jarrohlik amaliyoti amalga oşirildi.

Birinçi navbatda, biz çet eldan zamonaviy texnologiyalarni olib keliş, zamonaviy kasalxonalarni barpo etiş töğrisida öylayapmiz. 

Lekin, qon-tomir kasalliklarining oldini olişga asosiy e'tiborni qaratib, vatandoşlarimizning bilimini oşirişimiz kerak.

Xususiy tibbiyotni rivojlantirişga kerakli çoralar qabul qilinmoqda. Oxirgi 2.5 yilda 1600 dan ziyod xususiy tibbiyot muassasalari taşkil etildi”, - dedi soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari.