Sönggi paytlarda öqituvçi kasbining obrösini kötariş masalasi köp muhokama qilindi va ularning maoşi bosqiçma-bosqiç oşirib borilmoqda. Ammo byudjyetning öta muhim yana bir qatlami borki, ular ham alohida e'tiborga muhtoj. 

Şifokorlarning davlatdagi, jamiyatdagi örni beqiyos, bu şubhasiz. Lekin sönggi yillarda bu soha böyiça ham ziddiyatli fikrlar köp uçramoqda. Tizim xodimlari maoşlar kamligidan, moddiy texnik baza sustligidan, aniq belgilanmagan va oğir iş vaqti kabi muammolardan şikoyat qilişsa, bemorlar şifokorlarning poraxörligidan, yetarli e'tibor qaratmasligi va malakasi pastligidan nolişadi. Bir qaraşda har ikki tomon ham öziça haq. Keling, har ikki tomonning fikrlarini örganamiz.

Bemor nuqtai nazari

Şifoxonaga işingiz tuşsa, tamom böldim deyavering. Taniş-bilişingiz bölsaku yaxşi, agar heç kimga suyanmay borsangiz navbat kutib umringiz ötib ketadi. Bir amallab şifokorga kirganingizda ham qöl uçida köradi va olamjahon dorilarni yozib berib, qölingizga tikilib turadi. Ataganingizni qistirib, dorixonaga jönaysiz. U yerda şifokor belgilagan dorilarning narxini eşitib, kapalagingiz uçadi. 

Yana kamiga diagnostika uçun beş-olti joyga jönatadi va kerak-nokerak apparatlarga tuşib, bor-budingizdan ayrilasiz. Nahotki, şifokorlar turli-tuman uskunalarga şu qadar suyanib qolgan bölsalar?

Ayniqsa tuğruqxonalarda vaziyat çatoq. Bola eson-omon dunyoga kelsin deb söraganini berasiz, yana kamiga çiqib ketayotganingizda ham suyunçi deb allaqança pulingizni şilib olişadi. Bermayman desangiz iloji yöq, qator bölib turgandan keyin, bolangiz ularning qölida bölganidan keyin nima ham qilardingiz?..

Oğir operatsiyalar paytida jarrohlarning kuni tuğadi. Avval kelişib, beradiganingizni berib qöymasangiz, operatsiyangiz ham çöziladi, soğ-salomat çiqişga ham kafolat yöq. 

Eng alam qilarlisi, köpçiligi öz kasbining sirlarini bilmaydi, tavakkaliga dori yozib beraveradi. Sizning salomatligingiz ikkinçi darajali.

Foto: iStock

Şifokor nuqtai nazari

Agar hayotimni qayta boşlaş imkoniyati bölganida, şu kasbni tanlamasdim! Mutlaqo jiddiy aytyapman. Töğri, köça tozalaş, paxta teriş, yagana qilişga oçiqdan-oçiq majburlaşlaridan qutuldik. Ammo haliyam byudjyetning pulini bekordan-bekorga yeb yotibsan, degan minnatli gaplardan xalos bölganimiz yöq. Öşa byudjyet bizga maoş uçun ajratayotgan pulning özi kulgili. Xöp, aytaylik men pora olmayman va halol işlayman. 1,3-1,5 million söm oylik olaman. Xöş, bu pulga oilamni, ösib kelayotgan uç bolamni boqişim mumkinmi? Lekin şugina maoşning ham osmon qadar javobgarligi bor — bemor uçun siz şifokorsiz, oylikni olyapsizmi, davlat sizni öqitganmi, vazifangizni bajarişingiz şart! Balki siz kontrakt tölab, öz pulingizga öqigandirsiz, maoşingiz tirikçilikka yetmas, lekin buning kimga qiziği bor?