Imom Al-Buxoriyning Samarqanddagi yodgorlik majmuasi mutlaqo yangi loyiha asosida barpo etiladi
Davlat dasturi doirasida Imom Al-Buxoriyning Samarqanddagi yodgorlik majmuasini yangi loyiha asosida qayta barpo etish belgilangan

Foto: qadamjo.uz
Prezidentning 2020 yil 2 martdagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5953-sonli farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida hukumat hujjati qabul qilinadi.
Muhokama uchun joylashtirilgan loyihada aytilishicha, prezidentning 2020 yil 2 martdagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5953-sonli farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturi doirasida Imom Al-Buxoriyning Samarqanddagi yodgorlik majmuasini yangi loyiha asosida qayta barpo etish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (Zokirov) tegishli loyiha tashkilotlarini jalb etgan holda Imom Al-Buxoriyning Samarqanddagi yodgorlik majmuasini musulmon dunyosidagi ulug‘ maqomiga mos ravishda mutlaqo yangi loyiha asosida barpo etilishi yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasida taqdimot qiladi.
Qurilish vazirligi (Zokirov) Samarqand viloyati hokimligi (Turdimov) bilan birgalikda obekt qurilishi bo‘yicha loyiha tashkilotlari va qurilish-pudrat tashkilotlarini belgilangan tartibda tanlash choralarini ko‘radi.
Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Rustamov) obektning qayta barpo etish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan zarur mablag‘larni respublika budjetidan ajratilishini ta'minlaydi.
Belgilab qo‘yilishicha, obektni qayta qurish jarayonida talab etilgan respublikada mavjud bo‘lmagan qurilish materiallarini chetdan olib kelishda bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari) istisno tariqasida ozod etiladi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

16:44 / 04.06.2025
Samarqandda 19 nafar hokim yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortildi

00:17 / 04.06.2025
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

17:32 / 31.05.2025
Samarqandda avtomobillarda drift qilgan xorijliklar uzr so‘radi

13:55 / 29.05.2025