Şu yilning 17 mart kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi.

Qonunga muvofiq Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks yangi 192-1-modda, ya'ni töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar ötkaziş tartibiga doir talablarga rioya etmaslikda ifodalangan huquqbuzarlik bilan töldirildi.

Unga köra, töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar ötkazuvçi şaxs tomonidan mazkur tadbirlarni ötkaziş tartibiga doir talablarga rioya etmaslik - fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining ön baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi.

Töyxonalar, kafe va restoranlarning mansabdor şaxsi tomonidan töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni ötkaziş tartibiga doir talablarga rioya etmaslik - bazaviy hisoblaş miqdorining öttiz baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi.

Töyxonalar, kafe va restoranlarning mansabdor şaxsi tomonidan huquqbuzarlik ma'muriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bölsa - bazaviy hisoblaş miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi.

Qonunning mazkur qismi u rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran uç oy ötgaç amalga kiritiladi.

Eslatib ötamiz, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Kengaşi va Senati Kengaşining Qöşma qarori bilan qabul qilingan nizomga köra:

2020 yil 1 yanvardan boşlab:

töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar faqat bir kun (dafn etiş marosimi bundan mustasno) soat 06:00 va 23:00 oraliğida ötkaziladi.

Hududlarning şaroitlaridan kelib çiqib, xalq deputatlari tumanlar va şaharlar Kengaşlari tomonidan oş beriş marosimining vaqti alohida belgilanadi.

Soat 23:00 dan keyin töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni davom ettirişga yöl qöyilmaydi.

Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarda 200 nafargaça, mazkur tadbirlar munosabati bilan oş beriş marosimida 250 nafargaça kişi qatnaşadi.

Qöşaloq töylarda 250 nafargaça, u bilan boğliq oş beriş marosimida 300 nafargaça kişi qatnaşişi mumkin.