18 mart kuni "Özbekiston Respublika tovar-xomaşyo birjasi" AJ oçiq birja savdolari orqali jami 210,1 mlrd sömlik tovar resurslari sotildi, bu avvalgi savdo kuniga nisbatan 28,6 foizga köp.

Un bozorida talab darajasi nisbatan kötarilganligi bois sotuvçi korxonalar birja savdolariga jadvallarda belgilangan hajmlarga qöşimça ravişda 15 000 tonna un mahsulotlarini qöyişni boşlaşdi. 

18 mart kuni birja savdolariga 7 890,0 tonna buğdoy unining 1-navi qöyildi va ularning barçasi sotildi. Savdolarda 42 ta sotuvçi korxonalar va 1 416 ta xaridorlar erkin tarzda iştirok etişdi.

Keça ötkazilgan birja savdo yakunlariga köra, unning 1-navi böyiça birjada şakllangan narxi avvalgi savdo kuniga nisbatan 1,5 foizga pasayib, mahsulotning bir tonnasi uçun 2,5 mln sömni taşkil etdi. Unning minimal narxi Toşkent viloyatida – 2,4 mln söm, maksimal darajasi esa Sirdaryo viloyatida – 2,6 mln söm atrofida qayd etildi. 

Birjaning şakar bozorida joriy yilning boşidan buyon örnatilgan özgarişsiz holat saqlanmoqda. 18 martda jami 2 000 tonna şakar birja savdolariga qöyildi va ulardan 279,0 tonnasi, ya'ni 14 foizi sotildi. Sotilgan mahsulotning umumiy qiymati 1,4 mlrd sömni taşkil etdi.

Taklif darajasi yuqori bölganligi sababli şakarning narxi avvalgi kunga nisbatan deyarli özgarmadi va boşlanğiç narx darajasida qayd etildi. Xususan, şakar böyiça şakllangan birja kotirovkasi tovarning bir tonnasi uçun 5,3 mln sömni, uning boşlanğiç narxi esa 5,3 mln sömni taşkil etdi.

Şunga öxşaş holatlar birjaning paxta yoği bozorida ham kuzatildi. 18 mart savdo natijalariga köra 681,4 tonna paxta yoği birja savdolariga qöyildi va ulardan 203,5 tonnasi, ya'ni 30 foizi sotildi. Paxta yoğining örtaça narxi mahsulotning boşlanğiç narxiga nisbatan 0,5 foizga, avvalgi kunga nisbatan 0,2 foizga ösib, bir tonnasi uçun 9,2 mln sömni taşkil etdi.