2020 yilning 16 mart kuni soat 17:30da Buxoro viloyati Jondor tumani “Arabxona” qişloğida 29 yoşli D.Ç. yaşaş uyini oldida hamqişloği 31 yoşli J.S. bilan özaro tortişgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, J.S. undan nima sababdan ukasi B.S.ni urganligi haqida sörab, yuz qismiga ikki marotaba muşti bilan urganligi natijasida örtalarida kelib çiqqan janjal oqibatida D.Ç. yonida bölgan oşxona piçoği bilan J.S.ga oğir tan jarohati yetkazgan.
Natijada J.S. tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jondor tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Qayd etilişiça, D.Ç. gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilingan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.












