Davlat statistika qömitasi xabariga köra, 2020 yilning yanvar-fevral oylarida respublikada avtomobil benzini işlab çiqariş hajmi 2019 yilning şu davriga nisbatan köpaydi.

Qayd etilişiça, 2019 yilning şu davrida 151,6 ming tonna benzin işlab çiqarilgan bölsa, 2020 yilda - 190,3 ming tonna.

Dizel yoqilğisini işlab çiqariş hajmida ham ösiş kuzatildi. 2019 yilda 169,8 ming tonna dizel işlab çiqarilgan bölsa, 2020 yilda - 195,9 ming tonna.

Şu bilan birga, Özbekiston 2020 yil yanvar-fevral oylarida neft qazib olişni 2019 yilning şu davriga nisbatan (115,5 ming tonna) qisqartirdi - 111,3 ming tonnagaça.

2020 yil yanvar-fevral oylarida tabiiy gaz qazib oliş 9,1 milliard kub metrni taşkil etdi, bu 2019 yilning şu davriga nisbatan kam (10,1 milliard kub metr).

2020 yil yanvar-fevral oylarida Özbekiston 266,8 ming tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2019 yilning şu davriga nisbatan biroz köproq (265,2 ming tonna).