Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshdi - Davstatqo‘m
2020 yilning yanvar-fevral oylarida 49 014 dona avtomobil ishlab chiqarildi
Foto: Askar Yakubov
Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil yanvar-fevral oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma'lumot berdi.
Xususan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshgan. 2019 yilning shu davrida 38 642 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 49 014 dona.
Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yil yanvar-fevral oylarida 13 570 dona Nexia T-250 (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,9 foiz), 11 379 dona Cobalt (32,3 foiz), 9 442 dona Lacetti-Gentra (43,3 foiz), 8 485 dona Damas (26,6 foiz), 5 323 dona Spark (72,3 foiz) hamda 815 dona Labo (62,2 foiz) avtomobillari ishlab chiqarildi.
Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish kamaydi. 2019 yilda - 782 dona, 2020 yilda - 636.
Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish ko‘paydi. 2019 yilda 32,6 ming dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 42,1.
2020 yil yanvar-fevral oylarida traktor ishlab chiqarish hajmi 143 donani tashkil etdi (2019 yilda - 67).
Mavzuga oid
13:42
Yangi obektlar qurilishining qariyb yarmi kichik biznes hissasiga to‘g‘ri keldi
12:50
O‘zbekiston aholisi 38,2 milliondan oshdi
16:20 / 28.01.2026
Yangilangan statistikada gaz qazib olishda 3,3 mlrd kublik tafovut paydo bo‘ldi
14:27 / 28.01.2026