Butun dunyoni internet bilan ta'minlaşga qaratilgan loyiha doirasidagi parvozni amalga oşiriş uçun bir raketa – Falcon 9’ning özi 5-marotaba qöllandi. Ammo raketa qönişi muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Şu sababli 6-parvoz uçun boşqa raketa qöllanadi. Kompaniya rahbari Ilon Maskning ta'kidlaşiça, raketaning dvigatellaridan biri parvozning erta bosqiçida öçib qolgan. Kompaniyada bu hodisa taftiş qilinişi aytilgan.

Raketa Kanaveral burnidagi (Florida ştati) kosmodromdan uçirilgan. 

Raketa parvozi avvalboşi 15 mart kuni bölib ötişi kerak bölgan, biroq oxirgi lahzada qoldirilgandi. Kompaniyada start avtomatik tizim tomonidan töxtatilgani va bu raketaning dvigatelida muammolar paydo bölgani bilan boğlangani ma'lum qilingan. 

Bu loyiha doirasida 2019 yil mayidan beri sun'iy yöldoşlar guruhining orbitaga 6-marta çiqarilişidir. Orbitaga olib çiqilgan oxirgi sun'iy yöldoşlar hisobga olinsa, SpaceX’ning sun'iy yöldoşlari guruhi umumiy hisobda 360 ta sun'iy yöldoşga yetdi.

Yangi sun'iy yöldoşlar 212 kmdan 386 kmgaça balandlikdagi elliptik orbitaga çiqariladi. Söngra ularning sozligi tekşirilgaç, ular öz dvigatellari yordamida 550 km balandlikdagi işçi orbitaga çiqariladi.  

Kompaniya yaqin kelajakda orbitada umumiy hisobda 12 mingta sun'iy yöldoş joylaştirmoqçi. Bu dunyoning istalgan nuqtasidan keng polosali internetga kirişni ta'minlaydi.

Loyihani amalga oşiriş uçun ajratiladigan investitsiyalar umumiy qiymati 10 mlrd dollarga baholanmoqda. Kompaniyada ma'lum qilinişiça, sun'iy yöldoşlar 2020 yilda butun Şimoliy Amerikani, 2021 yilda esa butun sayyorani internet bilan qoplaydi.