RIA «Novosti» xabariga köra, unda amerikaliklarga 500 milliard dollar miqdorida naqd pul tarqatiş közlangan.
«Soliq tölovçilarga 6 apreldan boşlab 250 milliard dollar, 18 maydan boşlab esa yana 250 milliard dollar naqd pul tarqatiş uçun moliyaviy mablağ ajratiş taklif qilinadi. Tölovlar Soliq xizmati va Fiskal xizmatlar byurosi tomonidan amalga oşiriladi», — deyiladi vazirlikning memorandumida.
Tölovlar miqdori soliq tölovçilarning daromadiga muqobil bölişi rejalaştirilmoqda.
Şuningdek, Moliya vazirligi kiçik biznesni kreditlaş uçun 300 milliard dollar, iqtisodiyotning muammoli sohalarini qöllab-quvvatlaş uçun 150 milliard dollar va epidemiyadan eng köp zarar körgan aviatsiya sohasiga 50 milliard dollar ajratadi.
Prezident Donald Trampning boş iqtisodiy masalahatçisi Larri Kudlou sözlariga köra, iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş paketi rekord darajadagi 1,3 trln dollarga teng böladi. Bu esa 2008-2009 yillardagi moliyaviy inqiroz oqibatlarini bartaraf qilişga yönaltirilgan mablağlardan deyarli 2 barobar köpdir.













