Dilmurod Nabiyev: Gigiyenik talablar va sog‘lom turmush tarziga amal qilinsa, koronavirus bizga xavf tug‘dirmaydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 mart kuni mahalla va oila masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida butun dunyo hamjamiyatini tahlikaga solayotgan koronavirus muammosiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Sir emaski, hozirda ushbu xavfli infeksiya jahonning 180ga yaqin mamlakatiga kirib bordi. Afsuski, yuqumli epidemiya yurtimizni ham chetlab o‘tmadi. Yaxshiyamki vaziyat oldindan to‘g‘ri baholanib, Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq Respublika maxsus komissiyasi tuzildi va zarur ehtiyot choralari ko‘rildi. Natijada O‘zbekistonga koronavirusning ommaviy tarzda kirib kelishi va keng tarqalishining oldi olindi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ham tegishli tashkilotlar bilan birgalikda mavjud vaziyatni to‘g‘ri baholagan holda hali yurtimizda ushbu yuqumli kasallik alomatlari aniqlanmasdan turib ehtiyot choralarini ko‘rib qo‘ydi. Shu maqsadda koronavirus aniqlangan davlatlarda tashkil etilayotgan ko‘plab lisenzion musobaqalar, xalqaro turnirlar, hattoki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari ham bekor qilindi.
Xorijiy davlatlarda tashkil etilgan musobaqalardan qaytib kelgan sportchilar, trenerlar, qo‘yingki mamlakatimiz sport delegatsiyasining barcha a'zolari tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Hozirda barcha sport musobaqalari to‘xtatilgan bo‘lsa-da, Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilar belgilangan dastur asosida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad – avvalo mamlakatimiz sportchilarining jismoniy holati va salomatligini ko‘zdan kechirish bo‘lsa, ikkinchidan, ularning koronavirus epidemiyasini yuqtirib olishdan saqlashdir.
Dunyo miqyosida koronavirus ommalasha boshlagach, dastlab O‘zbekistonda o‘tkazilishi belgilangan xalqaro sport musobaqalari bekor qilindi. So‘ngra barcha sport turlari bo‘yicha ichki musobaqalarni ham to‘xtatdik. Shu bilan birga sport ta'lim muassasalarida o‘quvchi va talabalar ta'tilga chiqarilib, barcha sport tashkilotlarida koronavirus epidemiyasiga qarshi dizenfiksiya ishlari amalga oshirilmoqda.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, bugun mamlakatimiz sport jamoatchiligi ham xalqimiz bilan bir tanu bir jon bo‘lgan holda koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashda faol qatnashmoqda. Eng asosiysi, vahimaga yo‘l bermasdan, avvalo gigiyenik talablarga, qolaversa sog‘lom turmush tarziga jiddiy amal qilinsa, o‘ylaymanki koronavirus balosi mamlakatimizga xavf sololmaydi.
Dilmurod Nabiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri
Mavzuga oid
17:05 / 30.11.2021
Super-kontraktga kirgan qizning kontraktini to‘lab bergan rektor tanqidga uchradi
18:57 / 10.02.2021
Sport vazirligi va turizm qo‘mitasi birlashtiriladi, unga Abduhakimov rahbarlik qiladi
19:19 / 01.02.2021
Sobiq vazir rektorlikka tayinlandi
21:36 / 29.01.2021