2020 yil 16 martdan e'tiboran Özbekistonda koronavirus – COVID 19 tarqalişining oldini oliş çorasi sifatida karantin holati joriy qilindi. Şu bois, Özbekiston Musulmonlari ulamolar kengaşining fatvosi bilan 5 vaqt jamoat namozi hamda juma namozini masjidlarda öqiş vaqtinça töxtatildi. Endilikda, musulmon aholida juma namozini uyda uyda öqib oliş mumkinmi, degan savol paydo böldi. Özbekiston Musulmonlari idorasi uşbu savolga javob berar ekan, jumladan quyidagilarni eslatdi.
«Ertaga juma kuni bölişi munosabati bilan: “Juma namozini uyda öqisak böladimi?” – degan savollar köpaydi. Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengaşi fatvosida ham juma namozi örniga uyda peşin namozi ado etilişi aytilgan. Fiqhiy manbalarimizga murojaat qiladigan bölsak, juma namozi durust bölişi uçun juma namoziga davlat boşliği yoki uning örinbosari tomonidan umumiy ruxsat (izni omma) bölişi, juma namozini odamlarga muftiy tomonidan tayinlangan kişi ado qilib berişi kerak.
Demak, juma namozi uyda öqilganda mana şu şartlar topilmaydi, natijada namoz durust bölmaydi. Bu haqida muhaqqiq olim Mulla Ali Qori rahimahulloh: «Jumani ado qiliş uçun umumiy ruxsat (izni omma) bölişi şart qilingan. Çunki juma – Islom şiorlaridan biri. Uni odamlar orasida oçiqçasiga qoim qiliş şart böladi», - degan.
Bu mavzuda Ibn Obidin rahimahulloh: «Umumiy ruxsat – jome masjidi oçilib, odamlar kirişiga ruxsat bölişidir. Hatto, agar masjidda bir jamoat yiğilib, eşikni yopib olib jum'a namozini öqisalar, namozlari durust bölmaydi», - deya ta'kidlagan.
Hozirgi şaroitda hammamiz ittifoq bölib, şariatimiz körsatmalariga amal qilişimiz, Alloh taoloning sinov-imtihonlaridan gözal suratda ötişga harakat qilişimiz lozimdir. Nafl ibodatlar, tilovati Qur'on, duo-tasbehlar, qiyin şaroitda qolganlarga xayru ehson qiliş kabi Alloh taologa xuş keladigan amallarni köpaytiraylik. Boşimizga kelgan sinovni ham savob işlaş uçun ğanimat fursat, deb bilaylik. Şoyadki, Alloh taolo tez kunlarda fazilatli, katta jamoatlarda namozlarni ado qilişni nasib aylasa, xalqimizga xotirjamlikni qaytarsa. Alloh taolo dunyo musulmonlari, jumladan xalqimizdan turli balo-ofatlarni uzoq qilsin! Omin!», - deyiladi Özbekiston Musulmonlari idorasi oçiqlamasida.
Musulmonlar idorasi raisining birinçi örinbosari Homidjon Işmatbekovning Kun.uz muxbiri bilan suhbatida ta'kidlaşiça, doimiy ravişda jamoat yoki juma namozini ado etib yurgan banda uzrli sabab bois, uni ado eta olmasa, Alloh taboraka va taolo unga jamoat va juma namozi savobini beraverişi haqida rivoyatlar vorid bölgan.


















