15 mart kuni Özbekistonda koronavirusga çaliniş bilan boğliq ilk holat qayd etilgaç, 16 martda muftiy Usmonxon Alimov murojaat bilan çiqqan va mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlaşgungaça jamoat namozlari vaqtinça töxtatilişini ma'lum qilgan edi.
8 iyunga kelib, mamlakatda birinçi qat'iy karantin yumşatilişi asnosida faqat «yaşil» hududlardagi masjidlar oçilişiga ruxsat berildi va jamoat namozlari ilk marta ijtimoiy masofa saqlangan holda öqildi.
10 iyuldan mamlakatda ikkinçi qat'iy karantinga boşlanib, çeklovlar avgust örtasiga kelganda yumşatildi va 17 avgustdan masjidlar yana oçildi. Şu bilan birga, koronavirus xavfi tufayli juma namozlari ado etilişiga ruxsat beriş keyinroqqa qoldirildi.
Köp ötmay, 1 sentabr kuni Respublika maxsus komissiyasi juma namozlarini endi masjidlarda öqiş mumkinligini e'lon qildi.
Şu tariqa, karantinning 25-haftasiga kelib, 4 sentabr kuni Özbekiston musulmonlari yana juma namozlarini masjidlarda ado etiş imkoniga ega böldi.
17 avgustdan buyon masjidlardagi jamoat namozlarida amal qilib kelinayotgan karantin qoidalari juma namozlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. Xususan:
- jamoaviy ibodatni ötkaziş uçun taşrif buyuruvçilar örtasida ijtimoiy masofani ta'minlaş;
- diniy taşkilotlar xodimlari va taşrif buyuruvçilarning tibbiy niqobda bölişi;
- sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat'iy rioya etiş, bino xonalarni doimiy ravişda dezinfeksiya qiliş, ularga kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «töşak»lar bilan jihozlaş;
- har bir diniy ibodatdan keyin bino (xona) va undagi jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalaş;
- bino va xonalarga, şuningdek, havo aylantiriş tizimiga zararsizlantiriş anjomlarini (ultrabinafşa lampalar va b.) örnatiş;
- tana harorati 37 daraja va undan yuqori bölgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bölgan taşrif buyuruvçilarni kiritmaslik;

















