Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy O‘zbekiston bilan koronavirusga qarshi kurash borasidagi tajribasini o‘rtoqlashdi
Xitoylik ekspertlar O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi vakillari bilan o‘tkazilgan videokonferensiyada mamlakat yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi qanday kurash olib borgani haqida batafsil ma'lumot berdi
Bugun, 20 mart kuni Sog‘liqni saqlash vazirligida O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillari ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston tomonidan sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ishtirok etdi.

Xitoy tomoni karantin vaqtida profilaktika choralari, kasallikning dastlabki bosqichlarida qanday dorilar ishlatilgani va qaysi dorilar umumiy davolash rejimiga kiritilganligi haqida gapirib berdi.
Videokonferensiyada O‘zbekistondan tashqari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Pokiston, Bangladesh, Shri-Lanka, Nepal, Afg‘oniston, Hindiston va Ukraina vakillari ham ishtirok etdi.
Avvalroq, Xitoyda Xubey provinsiyasidan tashqarida bo‘lgan shifoxonalarda yangi turdagi koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning soni 282 kishigacha kamaygani, mamlakatda davolangan bemorlar 87,9 foizni tashkil qilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda COVID-19 koronavirusi aniqlangan holatlar soni 33tani tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026