Novosibirsk şahridan Özbekistonga charter reys 21 martda amalga oşiriladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, respublika maxsus komissiyasi Özbekiston fuqarolarini vatanga qaytariş uçun Novosibirsk şahridan (Rossiya) qöşimça aviareys taşkillaştiriş masalasini hal qildi.

Charter samolyotning Novosibirsk-Toşkent yönalişi böyiça parvozi 21 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:35ga, qönişi esa Toşkent vaqti bilan soat 18.35ga möljallangan.

Bildirilişiça, qöşimça aviareyslarni taşkillaştiriş davom etmoqda.

Özbekiston fuqarolari qaytib kelganidan keyin respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat'iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylaştiriladi.