2020 yil yanvar-fevral oylarida Özbekiston 1,005 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bundan Davlat statistika qömitasi ma'lumotlari darak bermoqda.
Qömita ma'lumotlariga köra, 2019 yil yanvar-fevral oylariga nisbatan ösiş 1,7 foizni taşkil etdi. 2020 yil yanvar-fevral oylarida Özbekistonning eksport tarkibida oltinning uluşi 38,2 foizga teng böldi.
Ta'kidlab ötiş joizki, sönggi yillarda Özbekiston oltin eksportini oşirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan, 2018 yilda 2,91 milliard dollardan va 2019 yilda 4,9 mlrd dollardan ortiqroqni taşkil etdi.
Bundan oldin, yanvar oyida Özbekiston qança oltin sotgani ma'lum qilingandi.












