Maqola mavzusiga e'tibor qaratadigan bölsangiz bugun dunyo e'tiborida turgan asosiy masala - koronavirus infeksiyasi vahimasiga nisbatan munosabat bildirmoqçiman.
Jamiyatimizdagi ayrim insonlar kundalik turmuşning ijobiy taşvişlari va harakatlarini öylab, hayotning bebaho xazinasi sanalmiş – salomatlik, tibbiy savodxonlik tuşunçasini biroz nazardan çetda qoldirayotanliklari ayon bölib qolmoqda. Işonç telefonlariga bölayotgan minglab qönğiroqlarning mazmuni, internet saytlaridagi kunlik ma'lumotlar va ba'zi asossiz SMS xabarlarni tahlil qila turib, bunga amin böliş mumkin. Körinib turibdiki, tibbiy bilim savodxonlik tuşunçalari böyiça hali köp-köp işlaşimiz kerakligi, tarğibot tadbirlarini tizimli, maqsadga yönaltirilgan tartibda taşkil etiş hamda unda keng jamoatçilik e'tiborini qaratiş zarurligi töğrisida xulosa qiliş mumkin böladi.
Koronavirus infeksiyasi yer yuzining 160ga yaqin davlatlarida qayd etildi va Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan qit'alararo tarqalganligini e'tiborga olib pandemiya deb belgilandi. Kuzatilgan noxuş epidemik vaziyat insonni salomatligiga e'tiborli böliş kerakligini, viruslar keltirib çiqaradigan yuqumli kasalliklarning neçoğlik xavfli ekanligini yana bir bor isbotlab berdi.
Har qanday yuqumli kasallikka mavsumiylik xos.
Nafas yöllarining yuqumli kasalliklari asosan kuz, qiş va ma'lum daraja bahor fasllarida köplab kuzatiladi. Koronavirus infeksiyasi böyiça dunyodagi epidemik vaziyatdan kelib çiqib, Prezidentimiz tomonidan belgilangan profilaktik hamda epidemiyaga qarşi çora-tadbirlarni Vazirlar Mahkamasi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, şuningdek keng jamoatçilik iştirokida maqsadga yönaltirilgan tartibda amalga oşirilayotganligi natijasida, qolaversa mavsum özgarişi bilan bu xavf ortda qoladi, koronavirus infeksiyasi böyiça epidemiologik barqarorlik ta'minlanadi.
Koronavirus pandemiyasi insoniyatga qölni tez tez va qay tartibda yuvişni, niqob (maska) taqiş samarasini, immun tizimni mustahkamlaş uçun yönaltirilgan töğri ovqatlaniş tartibini örgatdi, har bir inson bu haqida öziga-özi savol bersa, bunga javob topişi aniq.
Vaqt ötadi, ötkazilayotgan profilaktik hamda epidemiyaga qarşi tadbirlar öz samarasini beradi, xalq tilida aytganda insoniyat koronavirus ustidan ğalaba qozonadi va odamlar sekin-asta kasallikni yoddan çiqaradi, bu tabiiy.
Har bir mavsumda uçraydigan yuqumli kasalliklar bor, ular çegara bilmaydi, qolaversa, Örta Osiyo davlatlari ba'zi yuqumli kasalliklarning tabiiy öçoqlari hisoblanadi va mavsumga qarab uşbu öçoqlarning faollaşuvi kuzatiladi.













