Korxonadan Kun.uz`ga ma'lum qilişlariça, şartnoma asosida barça avtokorxona filiallari, servislar, avtokolonnalar, 574ta çiqindi yiğiş maydonlari, 435ta maxsus texnikalar doimiy ravişda dezinfeksiya kilinyapti.

«Bugungi kunda «Maxsustrans» DUK barça işga çiqişi zarur bölgan xodimlari maxsus dezinfeksiya qilingan avtobuslarda taşilib, ularga doimiy ravişda tibbiy niqoblar tarqatilişi yölga qöyilgan.

Foto: "Maxsustrans" DUK

Işga çiqişiga zarurat bölmagan xodimlar esa uy şaroitida masofadan turib faoliyat olib borişi uçun barça şaroitlar yaratilgan.

Bundan taşqari, çiqindi orqali virus taşilişining oldini oliş maqsadida «Maxsustrans»ga tegişli Yaşnobod, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlarida joylaşgan barça qayta yuklaş şahobçalarida ham dezinfeksiya işlari amalga oşirilmoqda», – deyiladi «Maxsustrans» xabarida.

Ma'lumot örnida, Toşkent şahridan bir kunda 2 ming tonnagaça çiqindi olib çiqiladi. Şu boisdan «Maxsustrans» öz faoliyatini odatiy rejimida davom ettiradi.

Foto: "Maxsustrans" DUK
Foto: "Maxsustrans" DUK
Foto: "Maxsustrans" DUK
Foto: "Maxsustrans" DUK