Qaşqadaryo viloyat transport boşqarmasi boşliği Uluğbek Ernazarovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, barça yölovçi taşiş korxonalari viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi bilan şartnoma imzolagan bölib, DSENM xodimlari yordamida yölovçi taşiş korxonalarida har bir taksi bepul dezinfeksiya qilinmoqda.
Şuningdek, Qarşi şahri markazidan tumanlarga qatnovçi «Damas» mikroavtobuslari, hozirça faoliyat körsatib turgan boşqa jamoat transportlarini dezinfeksiyalaş ham qat'iy belgilangan.




Surxondaryo viloyatida esa yölovçi taşiş korxonalari viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi bilan şartnoma imzolagan. Transport boşqarmasi vakiliga köra, yölovçi taşiş korxonalarida faoliyat yuritadigan har bitta avtomaşina tegişli tartibda dezinfeksiya qilinmoqda. Jamoat transportlari esa faoliyatini töxtatgan.
Viloyatga kiraverişdagi yöl-patrul postida ham maxsus guruh taşkil etilgan bölib, viloyatga kiradigan har bitta avtomaşinani dezinfeksiya qiliş yölga qöyilgan. Postda Boysun tuman sanitariya-epidemiologiya markazi navbatçilik taşkil etgan. Tuman tibbiyot birlaşmasi xodimlari ham şu maskanda navbatçilikda. Ular viloyatga kirayotgan barça avtomaşinalardagi yölovçilarning haroratini teplovizor yordamida tekşirmoqda.
Samarqand viloyatida yölovçilar oqimi keskin kamaygani sababli jamoat transportlari qatnovida oraliq vaqtlari uzaytirilgan. Barça turdagi yölovçi taşiş transportlarida xuddi şu tartib – har tört soatda dezinfeksiya.

















