O‘zbekiston | 10:04 / 23.03.2020
97007
1 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 46 nafarga yetdi 

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 46 nafarga yetdi

Foto: AP/TASS

Xorijda bo‘lib qaytgan yana bir fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Ayni paytgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 46 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni qayd etilgan, 11 mart tongida Parijdan uchib kelgan ayolga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgandi. 

Keyinroq London, Istanbul va Dubaydan kelgan aviareyslar yo‘lovchilarida hamda ular bilan aloqada bo‘lganlarda virus aniqlandi. 22 martda ular qatoriga Shveytsariyada bo‘lib qaytgan bemor ham qo‘shildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid