Toşkent viloyati axborot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, Andijon, Farğona va Namangan viloyatidan safarga otlangan yengil avtomobillar Böka-Guliston yöli orqali respublikaning boşqa hududlari bilan boğlanişi mumkin.
Bundan avval, Transport vazirligi 2020 yilning 24 mart kuni soat 00:01dan boşlab, Toşkent şahriga kiriş va undan çiqiş harakati töxtatilişini ma'lum qilgandi.
Bunda, Toşkent şahriga kiriş va çiqişdagi çeklovlar yuk taşiş bilan boğliq hollarga, şuningdek, Toşkent şahrida doimiy yaşovçi (röyxatdan ötgan) şaxslarga Toşkent şahriga kiriş uçun tatbiq etilmasligi belgilandi.
Ta'kidlanişiça, Özbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişini oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasi aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligini ta'minlaş va koronavirus kasalligini respublika hududi böylab tarqalişi oldini oliş maqsadida şunday qarorga kelingan.












