2019 yilning 5-10 noyabr kunlari Xitoyda bölib ötgan Xalqaro import mahsulotlari körgazmasi Özbekiston delegatsiyasi uçun samarali va foydali keçdi, deb yozmoqda «Özdavkarantin» axborot xizmati.

Qayd etilişiça, uşbu körgazma doirasida ötkazilgan muzokaralar natijasida Özbekiston va Xitoy karantin xizmatlari örtasida yeryonğoq eksport qilişga doir ikki tomonlama manfaatli kelişuv imzolandi.

2019 yilning noyabr oyida Özbekistondan Xitoyga yeryonğoq eksporti bilan bir qatorda, yangi uzilgan anorni eksport qiliş böyiça bitim tuzilgan. Mazkur savdo bitimi doirasida tadbirkorlarga yanada köproq qulayliklar, yengillik yaratiş maqsadida mahsulotlarni avtotransportda uçinçi mamlakat hududidan tranzit orqali yetkaziş böyiça kelişuv ham imzolandi. 

Ta'kidlanişiça, şu asosda endilikda tadbirkorlar Xitoyga yeryonğoqni Qozoğistondan «Alaşankou» (temir yöl orqali) va «Xorgos», Qirğizistondan «Irkeştam» hamda «Turgart» çegara ötkaziş punktlari orqali avtotransportda bemalol olib ötişlari mumkin.

Ayni kunlarda Özbekistondagi yeryonğoq mahsulotini qadoqlovçi korxonalar Xitoy boş bojxona boşqarmasi saytida röyxatdan ötkazildi. 

Hozirça Xitoy davlatining fitosanitar talablariga javob bergan eksportyor korxonalarning umumiy soni 10 ta bölib, dastlabki eksport natijalariga qarab uşbu röyxat kengaytiriladi.

Kelişuvga asosan, yeryonğoq eksport qiluvçi tadbirkorlar uçun quyidagi asosiy talablar belgilangan:

yeryonğoq yetiştiriladigan dalalar, uni qadoqlaş sexlari, saqlaş omborxonalari Özbekiston va Xitoy karantin xizmatlarining birgalikdagi röyxatidan ötkazilişi;

yeryonğoq «nöxat donxöri», «omborxona zararli kuyasi», «tegirmon parvonasi», «omborxona uzunburuni», «barg kanasi», «qora moğor kasalligi» kabi zararkunandalardan xoli bölişi;

mahsulot tuproqdan xoli hamda begona öt, uruğlar, ösimlik qoldiqlari hamda qum yoki şağal bilan aralaştirilmagan bölişi;

yeryonğoq yetiştiriladigan dala Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi inspektorining doimiy nazoratida bölişi, mahsulotni qayta işlaş, qadoqlaş, saqlaş va taşiş inspektor nazorati ostida amalga oşirilişi;

mahsulot fosfid magniy yoki fosfid alyuminiy bilan fumigatsiya qilinişi;