Unga köra, 23 mart keçki paytdan dökonlarga oziq-ovqat va birinçi ehtiyoj tovarlari xarid qiliş, jismoniy maşqlar bajariş (kuniga bir marta, yakka holda yoki oila a'zolari bilan birga), tibbiy zarurat yoki hayotiy muhim hisoblangan işga boriş uçungina uydan çiqişga ruxsat beriladi. Jamoat joylarida ikki kişidan köproq bölib töplaniş taqiqlanadi. Bundan bir oila a'zolari mustasno.

Oziq-ovqat mahsulotlari va birinçi ehtiyojdagi tovarlar sotiluvçi dökonlardan boşqa barça dökonlar, sport va bolalar maydonçalari, diniy muassasalar yopiladi. Turli marosimlar, jumladan töylar bekor qilinadi, dafn marosimlari bundan mustasno.

Karantin çoralariga amal qilinişi ortidan politsiya kuzatuv olib boradi, qoidabuzarlarga jarima solinadi.

Jonsonning ta'kidlaşiça, karantin çoralari 3 haftaga kiritiladi va hukumat vaziyat ortidan kuzatib boradi va epidemiologik vaziyat yaxşilanişi bilan çeklovlarni yumşatadi.

“Virusning tarqalişini sekinlaştirişimiz hayotiy muhimdir. Çunki şu yöl bilangina bemorlar sonini kamaytirib, soğliqni saqlaş tizimiga vaziyatni önglaşga va köproq hayotlarni saqlab qolişga imkon beramiz”, deb aytgan Britaniya boş vaziri.  

Oxirgi ma'lumotlarga köra, ayni vaqtda Britaniyada koronavirusga çalinganlar soni 6,7 mingdan köproqni, vafot etganlar soni 336 nafarni taşkil qilmoqda.