Ba'zi ijtimoiy tarmoqlarda respublikaning barça hududlarida koronavirus pandemiyasi tufayli e'lon qilingan karantin vaqtida fuqarolarni vahimaga soluvçi va huquq-tartibotni buzişga undovçi miş-mişlar tarqalmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga köra, joriy yilning 20 mart kuni Surxondaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv hamkorlik boşqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-texnik tadbirlar davomida Telegram messenjeridagi kanallardan birining foydalanuvçisi 20 mart kuni soat 12:38da guruhga koronavirus haqida odamlarni çalğituvçi, jamiyatda vahima uyğotuvçi yolğon ma'lumot tarqatganligi ma'lum böldi.

Tezkor qidiruv hamkorlik boşqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan qöşimça olib borilgan tezkor suriştiruv işlar natijasida Telegram messenjerida guruhga yolğon ma'lumot tarqatgan profil egasi va foydalanuvçisi Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida istiqomat qilib, Termiz şahrida savdo şoxobçalarining birida sotuvçi bölib işlab kelayotgan fuqaro A.B. ekanligi aniqlandi.

Unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylaştirilib, Ma'muriy işlar böyiça Termiz şahar sudiga yuborildi.

23 mart kuni Ma'muriy işlar böyiça Termiz şahar sudining qaroriga köra, fuqaro A.B. Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 205-moddasida körsatilgan (Favqulodda holat tartibi şaroitida jamoat tartibiga tajovuz qiliş) huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravari, ya'ni 1.115.000 (bir million bir yuz ön beş ming) söm miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

“Aziz fuqarolar, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan turli mazmundagi norasmiy ma'lumotlarga işonmasliklaringizni sörab qolamiz”, - deyilgan xabarda.