Rossiya – özbekistonlik talabalar öqişga eng köp boradigan mamlakatlardan biri. U yerdagi universitetlarga kirişning qanday özi xos jihatlari bor? Mamlakatga ilk bor kelgan talabani qanday hayot kutmoqda? Talaba ham öqib, ham işlay oladimi?

Rossiyaning Stavropol ölkasida tahsil olayotgan özbekistonlik Şodiya Tursunqulova Kun.uz’ga ana şular haqida gapirib berdi.

Şodiya Tursunqulova 1996 yil Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan. Hozirda Rossiyaning Stavropol ölkasida Şimoliy Kavkaz federal universiteti (ŞKFU)ning 1-bosqiç magistranti.

Rossiyaga kelişim haqida

Psixologiyaga maktab vaqtimdan qiziqqanman. Lekin asosiy yönalişim ingliz tili yoki jurnalistika edi. Kollejga öqişga kirgaç, baribir asosiy yönaliş qilib psixologiyani tanladim va tayyorlanişni boşladim.

2015 yil hujjatlarimni Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universitetiga topşirdim va öqişga qabul qilindim. TDPUda 1 yil öqişga ulgurdim xolos. Öşa bir yil içida taniqli psixologlar darslarini oldim. 2016 yil poytaxtdan köpçilik tabalar qatori men ham öqişimni köçirişga majbur böldim. Samarqand davlat universitetini tanladim va qolgan yillarni Samarqandda ötkazdim.

Öqişimni davom ettiriş haqida köp öylardim. Bilardimki, psixologiya uçun birgina bakalavr darajasi yetarli yemas. Şuning uçun magistraturada ham öqişga qaror qildim.

Öqiş uçun aniq biror davlat tanlamagandim, şuning uçun parallel ravişda ingliz va turk tillarini örgana boşladim. Lekin toğli, qalin örmonli, tinç va boşqa davlatlarga ham çiqiş imkoni yaxşi yaratilgan biror davlat xohlagandim. Rossiya esa xayolimga ham kelgan emas.

Oxirgi kursda universitet xalqaro bölimi har xil davlatlar universitetlariga grantlar ajratilgani va xohlovçilar imtihon topşirib körişni taklif qilişdi. Grant asosida öqiş yaxşi imkoniyat edi. Öylab-öylab, oxiri Şimoliy Kavkaz federal universitetini tanladim.

Kavkazning iqlimi, köp millatli ekani, an'analari, dengizga çiqiş imkoniyati va men xohlagan yönalişlar borligi – hamma-hammasi ma'qul kelgan.

Imtihon topşiriş uçun mendan reyting daftarçamning suratini internet orqali yuboriş söraldi. Skayp orqali imtihondan ötdim va meni ikkinçi imtihondan ötiş uçun Rossiyaga – Stavropolga çaqirişdi. Kelgaç, 1 avgust kuni ikkinçi imtihondan ham ötdim va amaliy psixologiya yönalişiga grant asosida qabul qilinib, 1-kurs magistranti böldim.