Prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga asosan koronavirus kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasi tomonidan çet eldagi fuqarlarni charter reyslar orqali mamlakatga olib keliş yuzasidan qator işlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, 24-27 mart kunlari har kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva şahridan bittadan jami 4ta reys (RF mahalliy vaqti böyiça soat 17:00da);
Turkiyaning Istanbul şahridan 24 va 27 mart kunlari 2ta reys (Turkiyaning mahalliy vaqti böyiça soat 23:00da) amalga oşiriladi.
Şuningdek, Koreya Respublikasining Seul şahridan 29 mart kuni charter reys (vaqti aniqlanmoqda) amalga oşiriladi.
Xuddi şu kabi kelgusi haftada ham Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg, Turkiyaning Istanbul, BAAning Dubay şaharlaridan fuqarolarni charter reyslari orqali olib keliş işlari davom etadi.
«Şuni alohida ta'kidlaş lozimki, samolyot ekipaji a'zolari ham xavfsizlik nuqtayi nazaridan, koronavirus inkubatsiyasi davridan kelib çiqib, karantin ostida saqlanişini hamda maxsus komissiya tomonidan mazkur masalani imkon qadar qisqa muddat içida bartaraf etiş çoralari körilayotganligini inobatga olgan holda, çet elda bölib turgan fuqarolarimiz tomonidan sabrli bölişlari söraladi.
Charter reyslar orqali mamlakatimizga olib kelinadigan barça fuqarolar maxsus komissiya talablariga muvofiq, maxsus tekşiruvlardan ötkaziladi va qat'iy ravişda respublikaning hududlarida karantin tadbirlari uçun taşkil etilgan sanatoriy va boşqa muassasalarda 14 kunlik karantinda nazoratda saqlanadi», deyiladi respublika maxsus komissiyasi tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotda.












