Özbekistonda allaqaçon 40dan ziyod kişiga yuqqan koronavirusli infeksiya turli yuzalarda 5 kungaça saqlanib turişi mumkin ekan. Ukrainalik taniqli pediatr Yevgeniy Komarovskiy bu borada infografika e'lon qildi.

Ma'lumotlarga köra, infeksiya qoğoz va plastik yuzada eng uzoq vaqt davomida saqlanişi mumkin – 5 kungaça.
Şuningdek, u 4 kungaça yoğoç hamda şişa yuzada saqlanib turişi mumkin.
Virus alyuminiy yuzalarda 2 soatdan 8 soatgaça, jarrohlik qölqoplarida 8 soatgaça, temir sirtlarda 48 soatgaça saqlanadi.
Yodda tuting: özingizni saqlaş uçun:
- ÖRVI alomatlari bor insonlar bilan aloqada masofalaning — kamida 1,5 metrgaça;
- yuzingizga, jumladan, köz, burun va oğzingizga teginmang;
- mahsulotlarni olovda toblab iste'mol qiling — göşt, göşt mahsulotlari va tuxumni xomligiça yemang;
- ÖRVIning birinçi alomatlari paydo bölganda zudlik bilan oilaviy vraçingizga murojaat qiling.












