Yaponiya boş vaziri Sindzo Abening ma'lum qilişiça, Xalqaro olimpiya qömitasi uning Olimpiadani qoldiriş böyiça taklifini qöllab-quvvatlagan. U Tokio Olimpiya va Paralimpiya öyinlarini koronavirus ustidan qozonilgan ğalaba ramzi sifatida ötkazişini qöşimça qilgan.
«Men öyinlarni bir yil keyin ötkazişni taklif qildim va prezident [XOQ] Bax 100 foiz qöşildi», degan u.
«Bu sportçilarga yaxşiroq şaroitlarda kuç sinaşiş şaroitlarini yaratib beradi va öyinlarni tomoşa qiliş muxlislar uçun ham xavfsiz böladi», degan yaponlar boş vaziri.
Bungaça qator davlatlar, jumladan, Kanada va Avstraliya Olimpiada öz vaqtida ötkaziladigan bölsa, öz sportçilarini yubormasligini ma'lum qilgandi.
BBC muxbiri Aleks Kepstikning qayd etişiça, Olimpiya öyinlari tarixda ilk bor qoldirilmoqda. Bungaça Olimpiada uruş tufayli bekor qilingan, ammo turnir keyinga qoldirilişi kuzatilmagandi.
- Tokioda Olimpiya öyinlari 24 iyuldan 9 avgustga qadar ötkazilişi rejalaştirilgandi.













