Bu haqida AOKA qoşidagi maxsus ştabda ötgazilgan onlayn brifingdan söng Transport vazirligi matbuot xizmati rahbari Navröz Aşirmatov ma'lum qildi.

Xususiy taksilarning narxi qanday nazorat qilinmoqda?

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda ham aynan mana şu mavzu atrofidagi savollar juda köpayib ketdi.

Aynan köçadagi taksilar narxlarini nazorat qiliş uçun Transport vazirligi inspektorlari, IIV Yöl harakati xavfsizligi tizimi xodimlari, şuningdek, Prokuratura mas'ullari iştirokida maxsus işçi guruhi tuzilgan. Ular joylarda tuşuntiriş işlari ham olib borişmoqda.

Xususan, viloyatlararo taksi qatnovlari amalga oşiriladigan turargohlarni har kuni vazirlik inspektorlari nazorat qilişmoqda.

Biroq ta'kidlab ötiş kerakki, kunning birinçi yarmida taksilarning narxi nisbatan oşgani qayd etilgan. Lekin hozir mas'ullar nazorati yordamida narx-navo maqbul holatga keltirildi.

Xususiy taksilarni dezinfeksiya qiliş va bu haqida ma'lumotnoma beriş masalasi qançalik şaffof?

Bugungi kunda Toşkent şahrida jamoat transporti harakati töxtalişi tufayli taksilarga bölgan talab oşib ketdi. Va taksilar xizmatidan foydalanayotgan yölovçilar xavfsizligini ta'minlaş maqsadida «Toşşahartrans xizmati» AJga tegişli 9 ta avtoparkda taksi faoliyati bilan şuğullanuvçi kompaniyalarning transport vositalarini dezinfeksiyalaş işlari olib borilmoqda.

Fuqarolar xususiy taksida işga xatarsiz yetib olişi uçun nimalarga e'tibor berişi zarur?

Eng birinçi navbatda, fuqarolarga litsenziyali taksi xizmatidan foydalanişni tavsiya qilamiz. Çunki litsenziyali taksilarning kunlik dizenfeksiya qilinişi bevosita nazoratga olingan.

Bundan taşqari, yölovçilardan gigiyena qoidalariga rioya etişlarini ham sörab qolamiz.